Bosqichlar quidagicha:
Yuqori menyudan QO’YISH > INDIKATORLAR ni tanlang.
Shuningdek, Navigator bo‘limiga o‘tib indikatorlarni u yerdan ham qo‘yishingiz mumkin.
CXM mijozlariga bozordagi eng ilg‘or savdo vositalarini taklif etadi.
Cheksiz sozlash imkoniyatlari va ishonchlilikning uyg‘unligi MetaTrader 4 platformasini har bir treyder arsenalida bebaho vositaga aylantiradi.
Ishga tushganidan so‘ng, MetaTrader 4 standart sozlamalar bilan ochiladi. MetaTrader 4 platformasiga kirish uchun sizga elektron pochta orqali yuborilgan login ma’lumotlaridan foydalaning.
CXM MetaTrader 4 platformasining uchta asosiy xususiyati — foydalanish qulayligi, ko‘plab funksiyalar va to‘liq avtomatlashtirilgan savdo.
MetaTrader 4 platformasida savdo qilish bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javoblarni toping.
Yuklab olingan faylni ishga tushiring. MetaTrader 4 o‘rnatish oynasi ochiladi. Litsenziya shartnomasini o‘qing, rozilik bildiring va davom etish uchun “Keyingi” tugmasini bosing.
O‘rnatish jarayoni muloqot oynasida ko‘rsatiladi. O‘rnatish yakunlanishini kuting
O‘rnatish muvaffaqiyatli yakunlangach, “Tayyor” tugmasini bosing va CXM MetaTrader 4 savdo platformasini ishga tushiring.
MetaTrader 4 haqida savollar va javoblar ro‘yxati
MetaTrader 4 qudratli platformasi bilan savdoingizni optimallashtiring
Bosqichlar quidagicha:
Yuqori menyudan QO’YISH > INDIKATORLAR ni tanlang.
Shuningdek, Navigator bo‘limiga o‘tib indikatorlarni u yerdan ham qo‘yishingiz mumkin.
Yuqori menyudan JADVALLAR > USTUNLI JADVAL ni tanlang yoki Alt+1 tugmalar birikmasidan foydalaning
Ha, siz MetaTrader platformasida mini-lotlar (10 000) bilan savdo qilishingiz mumkin.
Quyida MetaTrader’da ishlatiladigan lot o‘lchamlari keltirilgan:
0.01 lot = 1 000 asosiy valyuta birligi (yoki AQSh dollari) — Bizning “mikro” lot hajmi
0.10 lot = 10 000 asosiy valyuta birligi (yoki AQSh dollari) — Bizning “mini” lot hajmi
1.00 lot = 100 000 asosiy valyuta birligi (yoki AQSh dollari) — Bizning “standart” lot hajmi
**E’tibor bering: yuqorida keltirilgan lot hajmlardan boshqa miqdorlarda ham savdo qilish mumkin. Masalan, 0.60 lot (60 000 birlik), 8.00 lot (800 000 birlik) yoki hatto 3.20 lot (320 000 birlik) hajmidagi pozitsiyalarni ochish mumkin.
**Shuni ham unutmangki, boshqa brokerlar ayrim lot hajmlarida boshqa o‘lchov tizimini qo‘llashi mumkin. Masalan, boshqa bir brokerda mini-hisobda 1.00 lot 10 000 birlikka teng bo‘lishi mumkin
Vaqt oraliklarini asosiy menyu qatoriga qo‘shish uchun: KO’RINISH > USKUNALAR PANELI > VAQT ORALIG’Ini tanlang.
Jadvallarga vaqt oralig‘ini qo‘llash uchun quyidagi belgilarni ishlating:
M1 = 1 daqiqalik jadval
M5 = 5 daqiqalik jadval
M15 = 15 daqiqalik jadval
M30 = 30 daqiqalik jadval
H1 = 1 soatlik jadval
H4 = 4 soatlik jadval
D1 = kunlik jadval
W1 = haftalik jadval
MN = oylik jadval
Bozor sharhi oynasida barcha savdo uchun mavjud valyuta juftliklarini ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Hammasini ko‘rsatish bandini tanlang. Shundan so‘ng barcha valyuta juftliklari ko‘rsatiladi.